Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask koronavirus vaksinasi olishni qo‘llab-quvvatladi

Ilon Mask koronavirus vaksinasi olishni qo‘llab-quvvatladi

Milliarder ,«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari direktori Ilon Mask koronavirusga qarshi emlashni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Bu haqda Maskning «Twitter»dagi sahifasiga tayanib, «RIA Novosti» xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ilon Mask 2020-yil sentyabr oyida «The New York Times» gazetasining «Sway» podkastiga bergan intervyusida koronavirusga qarshi emlanmasligi va oilasiga koronavirus tahdid solmayotganini ta’kidlagandi. Ammo ma’lum bo‘lishicha milliarder 2020 yilda koronavirus bilan kasallangan.

«Men vaksinalarni, xususan, koronavirusga qarshi vaksinalarni qo‘llab-quvvatlayman. Vaksinadan keyin allergik hodisalar paydo bo‘ladi. Ammo buni EpiPen (allergiyaga qarshi vosita) yordamida osonlikcha hal qilish mumkin», — deya ta’kidlagan Mask.

Ma’lumot o‘rnida, Mask qator bayonotlar bilan AQShda COVID-19 pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarni muddatidan avval bekor qilish va koronavirusga nisbatan vahima qilish ahmoqgarchilik ekanini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring