Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Putinning yadro urushi haqidagi gaplarini izohladi

Ilon Mask Putinning yadro urushi haqidagi gaplarini izohladi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinning agar mamlakat mavjudligiga tahdid tug‘ilsa, yadro qurolidan foydalanishga tayyorligi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi.

Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklarga X tarmog‘ida javob bergan Mask, Putinning gapiga «albatta» deb izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, Putin «Rossiya 1» va «RIA Novosti» telekanallariga bergan intervyusida Rossiya «harbiy-texnik nuqtai nazardan» yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini aytdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan faqat «davlatning mavjudligi, suverenitet va mustaqillikka tahdid bo‘lgan vaqtida foydalanish mumkin» degan tamoyilga amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Rossiya rahbariyati yadro qurolini qo‘llash bo‘yicha bot-bot bayonotlar bermoqda. Jumladan, Putin 29-fevraldagi murojaatida ham yadro qurollari haqida gapirgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring