Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask bitta YTH sabab 5 mlrd. dollar yo‘qotdi

Ilon Mask bitta YTH sabab 5 mlrd. dollar yo‘qotdi

SpaceX va Tesla korporatsiyalari rahbari Ilon Mask Tesla aksiyalari narxining pasayishi ortidan 5 milliard dollardan ziyod zarar ko‘rdi. Bu Forbes Real-Time nashrida chop etilgan elektromobil ishtirokidagi avtohalokat haqidagi xabar bilan bog‘liq.

YTH Texasda sodir bo‘lib,  ikki kishi hayotdan ko‘z yumgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashina katta tezlikda harakatlanib, boshqaruv yo‘qolishi natijasida daraxtga borib urilgan.

Natijada, Maskning boyligi hozirda 174,6 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Tadbirkor dunyoning eng boy odamlari reytingida uchinchi o‘rinda turadi. 19 aprel, dushanba kuni Tesla aksiyalari 3,4 foizga pasayib, 714,63 dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq Ilon Mask o‘zini «Mars imperatori» deb e’lon qilgani haqida xabar qilgan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring