Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Tramp uchun katta pul ajratgani bo‘yicha xabarlarni izohladi

Ilon Mask Tramp uchun katta pul ajratgani bo‘yicha xabarlarni izohladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning saylovoldi kampaniyasiga oyiga rekord darajadagi 45 million dollar xayriya qilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

«Bu kulguli. Men Amerika PAC fondiga ba’zi xayriyalar qilaman, lekin ancha past miqdorda», deya yozgan milliarder.

13-iyul kuni Bloomberg agentligi tadbirkorga yaqin manbalarga tayanib, Mask Trampning saylovoldi kampaniyasiga katta miqdorda xayriya qilgani haqida xabar berdi.

Iyun oyida amerikalik milliarder aka-uka Tayler va Kemeron Uinklvoss AQShning sobiq prezidentiga saylovoldi kampaniyasi uchun 2 million dollar muqobilidagi bitkoinlar xayriya qilgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring