Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask Twitter’dagi «verifikatsiya»ni pullik qilmoqchi

Ilon Mask Twitter’dagi «verifikatsiya»ni pullik qilmoqchi

Twitter’ning yangi egasi, milliarder Ilon Mask ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini «verifikatsiya» – tasdiqlash belgisi uchun pul to‘lashga majburlamoqchi. Obuna bo‘lmagan foydalanuvchilar 90 kun ichida tasdiq belgisini yo‘qotadilar.

The Verge nashriga ko‘ra, milliarder ijtimoiy tarmoq xodimlaridan yangilikni 7 noyabrgacha e’lon qilishni talab qilib, aks holda ishlab chiqish guruhini ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan.

Nashrning yozishicha, Mask 2021-yil iyun oyida taqdim etilgan pullik Twitter Blue obunasini qimmatroq versiyaga almashtirmoqchi. Twitter Blue foydalanuvchilarga tvitlarni tahrirlash kabi eksklyuziv funksiyalardan foydalanish imkonini beradi. Yangi obuna oyiga $19,99 turadi. Abonentlar tasdiqlash belgilaridan tashqari qo‘shimcha funksiyalarni oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Mask bu ma’lumotga izoh bermagan.  Biroq avvalroq Twitter uning «verifikatsiya» olish to‘g‘risidagi so‘rovlarini bir necha bor rad etganidan shikoyat qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biriga u «hozirda foydalanuvchilarga tasdiqlash belgisini berish jarayonlari qayta ko‘rib chiqilayotganini» aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring