Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon o‘n kunda 5 milliard dollar boylik orttirdi

Ilon o‘n kunda 5 milliard dollar boylik orttirdi

Foto: «TASS/Zuma»

Amerikalik biznesmen, «Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida kuchli beshlikdan joy egalladi. Bu haqda 21-iyul kuni «Forbes» jurnali chop etgan reyting guvohlik bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ilonning mol-mulki o‘tgan bir necha kun davomida $5,1 mlrd.ga ko‘payib, $74,2 mlrd.ga yetgan.

Reytingda «Amazon» rahbari Jeff Bezos yetakchilik qilmoqda. Uning boyligi $189 mlrd.ga baholangan. Ikkinchi o‘rinda $113,8 mlrd. mablag‘ bilan «Louis Vuitton Moet Hennessy» kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arno va uning oilasi bormoqda. Uchinchi o‘rin «Microsoft» asoschisi Bill Geytsga ($113,4 mlrd) nasib qildi. To‘rtinchi o‘rindan «Facebook» asoschisi Mark Sukerberg ($90,3 mlrd) joy olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring