Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Imperator maqbarasidan 16 tonna xazina chiqdi

Imperator maqbarasidan 16 tonna xazina chiqdi

Foto: Netflix

Dunyodagi eng yirik — imperator Sin Shi Xuandi (mil. avv. 259–210-yillar) maqbarasidagi qazilmalar davomida arxeologlar 16 tonnali sarkofagni topishdi. Bu haqda Arkeonews xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra, qabr imperatorning o‘g‘li — shahzoda Gaoniki. Qabr 16 metr chuqurlikda joylashgan.

Sarkofagdan 6 mingta kumush tanga, sovutlar, nefrit, qurollar, oshxona anjomlari, oltin va kumushdan yasalgan tuyalar chiqqan. Imperatorning yaqin qarindoshlari yoki oliy rutbali jangchilargina bunday boyliklarga ega bo‘lishgan.

Foto: Unsplash

Topilma aniqlangan joydagi arxeologik manzil maydoni qariyb 57 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Biroq seysmik faollik sababli aksariyat qismida qazilmalar olib borilmagan. Sin Shi Xuandi maqbarasi tabiiy kattalikdagi sakkiz ming nafar terrakot jangchi va otlar bilan mashhur. Yer osti shahrini eslatuvchi maqbara YuNESKO Butunjahon madaniy merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring