Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Indoneziyada bortida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

Indoneziyada bortida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

Foto: AP Images

Indoneziyaning sayyohlar orasida mashhur Bali oroli yaqinida parom cho‘kib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar berdi CNA.

Mamlakatning eng gavjum Yava orolidan Baliga yo‘l olgan kema mahalliy vaqt bilan kecha soat 23:20 lar atrofida cho‘kkan. Uning bortida 53 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Bundan tashqari, paromda 22 avtomobil, jumladan, 14 ta yuk mashinasi bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotga ko‘ra, paromda bo‘lganlarning 31 nafari qutqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring