Insoniyat uchun eng katta xavf — Tramp va Bayden ikki xil fikrda

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida insoniyat uchun eng katta xavfni tilga oldi.
Siyosatchining ta’kidlashicha, undan oldingi prezident Jo Bayden yillar davomida iqlim o‘zgarishlari insoniyat uchun eng katta xavf ekanligini uqtirib kelgan.
«Men bunga qo‘shilmayman, eng katta xavf — turli mamlakatlarda saqlanayotgan yadroviy qurollar, bu ulkan «maxluqlar» sizni bir chaqirimgacha sochib yuborishi mumkin», — dedi Tramp.
Qo‘shma Shtatlar rahbari 7-mart kuni bergan bayonotida Oq uy ma’muriyati Rossiya va Xitoy bilan denuklearizatsiya (atomsizlanish) borasida muzokaralar o‘tkazish istagida ekanligini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, barcha o‘z yadroviy qurollaridan voz kechsa yaxshi bo‘lardi, Rossiya va AQShda bu qurollar hammanikidan ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter