Internet olisdagi qabila hayotini yomon tomonga o‘zgartirdi
Marubo qabilasi Amazon o‘rmonidagi eng chekka qishloqda yashaydi. Shu vaqtgacha ularda faqat mobil aloqa bor edi. Ya’ni, aholi smartfonlardan faqat bir-biriga qo‘ng‘iroq qilish va suratga olish uchun foydalanishgan. Biroq, o‘tgan yilning sentyabr oyida «Starlink» kompaniyasi tufayli hamma narsa o‘zgardi – qishloqqa bir nechta antennalar o‘rnatildi. Va endi hamma simsiz internetga ega. Qabila boshlig‘i Enok Marubo xalqining hayoti qanday tomonga o‘zgarganini aytib berdi. Qishloq aholisining ko‘pchiligi, ayniqsa, yoshlar dangasa bo‘lib qolishdi, qabila hayoti uchun zarur ovchilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanish o‘rniga kun bo‘yi telefonga termulishmoqda. Marubo xalqi, shuningdek, zo‘ravonlik aks etgan video o‘yinlar, pornografiya va ular tayyor bo‘lmagan katta dunyoning boshqa «quvonchlari» haqida bilishga qiziqishlari kuchayib ketmoqda.
manba:shazoo
Umuman olganda, katta dunyoning ta’siri qishloqdan yoshlarning chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, endilikda internet foyda keltirishi va salbiy ta’sir qilmasligi uchun – faqat ertalab bir necha soat, kechqurun bir necha soat va yakshanba kuni ishlatib qo‘yish maqsadga muvofiq deb topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter