Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron Isroilga raketa va dronlarda hujum qildi (asosiy xabarlar)

Eron Isroilga raketa va dronlarda hujum qildi (asosiy xabarlar)

Foto: BBC

Eron Isroil tomon o‘nlab dron va raketalarni uchirdi. Hujum 13 aprel kuni tunda boshlangan. Dastlab, dron hujumi haqida xabar berilgan edi, keyin Eron qanotli raketalarni uchirgani ma’lum bo‘ldi.

Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniyel Hagarining aytishicha, Eron Isroilga uchuvchisiz qurilmalar, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilgan. Unga ko‘ra, 200 dan ortiq raketa va dron uchirilgan.

Eron davlat matbuoti hujumni darhol tasdiqladi, deya xabar beradi CNN. «Eronning Damashqdagi elchixonasi konsullik bo‘limiga hujum qilgan jinoyatiga javoban, Eron havo kuchlari o‘nlab uchuvchisiz uchoqlar va raketalar bilan sionistik rejim hududlaridagi aniq nishonlarga zarba berdi», — deyiladi davlat televideniyesi bayonotida.

Benyamin Netanyahu hujumdan so‘ng darhol xalqqa murojaat qildi. Uning ta’kidlashicha, Isroil uzoq yillardan buyon Erondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumga tayyorgarlik ko‘rgan va hozirda barcha mudofaa tizimlari shay holatda va hukumat «har qanday ssenariyga, ham mudofaa, ham hujumga tayyor. Bosh vazir mamlakatni har qanday tahdiddan «xotirjamlik va qat’iylik bilan» himoya qilishga va’da bergan.

«Agar Isroil rejimi yana bir xatoga yo‘l qo‘ysa, Eronning javobi ancha qattiqroq bo‘ladi», — deb xabar qildi Eronning BMTdagi vakolatxonasi ijtimoiy tarmoqlarda. Shuningdek, AQSh Eron va Isroil o‘rtasidagi mojarodan «uzoq turishi» kerakligi haqida ogohlantirdi.

AQSh kuchlari tomonidan Isroil chegaralaridan tashqarida o‘nlab dronlar urib tushirilgan. Bundan tashqari, Isroil OAV manbalariga ko‘ra, uchuvchisiz qurilmalar Iordaniya havo kuchlari samolyotlari ham tushirgan. Shu bilan birga, uchuvchisiz samolyotlarning bir qismi oxir-oqibat Isroilga uchib o‘tgani, natijada havo hujumi sirenalarini ishga tushirilgan. CNN xabariga ko‘ra, urib tushirilgan uchuvchisiz uchoqlardan osmonda chaqnashlar Isroil shimolidagi Hayfa hududida, janubdagi Beyersheba hududida, shuningdek, Golan tepaliklari va Isroil nazoratidagi G‘arbiy Sohilda kuzatilgan.

Isroil rasmiysining matbuotga aytishicha, Eron tomonidan uchirilgan raketa va uchuvchisiz samolyotlarning jami 99 foizi urib tushirilgan. «Biroq, Eron Isroilga o‘z hududidan birinchi marta hujum qilayotgani javobni talab qiladi va bu tez orada amalga oshadi», deydi rasmiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring