Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iroq razvedkasi IShID rahbarining sobiq o‘rinbosarini ushladi

Iroq razvedkasi IShID rahbarining sobiq o‘rinbosarini ushladi

Iroq razvedkasi «Islomiy davlat» terrorchilik guruhi rahbarining sobiq o‘rinbosari Sami Jasimni hibsga oldi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Mustafo Kozimiy o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Mamlakatimiz xavfsizlik kuchlari qahramonlari, mamlakat razvedka xizmati Iroq chegaralari tashqarisida, «IShID» tashkiloti moliyaviy nazoratchisi va o‘rinbosari Sami Jasimni hibsga olish bo‘yicha eng murakkab operatsiyalarni amalga oshirdi»,-deb yozadi bosh vazir.

AQSh hukumati bergan bayonotga ko‘ra, IShID rahbari al-Bag‘dodiy 2019-yil 27-oktyabrda yo‘q qilingandi.

Tramp, shuningdek, Rossiya, Suriya, Iroq va Turkiyaga bunday natijaga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring