Iroqda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 12-may kuni Iroqda mamlakat IShID terrorchilik tashkilotidan butunlay xalos etilganidan so‘ng ilk bora parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berayapti.
Iroqda oxirgi marta 4 yil avval saylov bo‘lib o‘tgandi.
Oliy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 36 millionlik aholidan 24 million kishi ovoz berish huquqiga ega. Jami 7000 nomzod parlamentdagi 329 ta deputatlik o‘rni uchun kurash olib boradi. Saylov poygasida 29 ta saylov bloki va 200 tacha siyosiy partiya qatnashishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter