Iroqdagi restoranlarning biriga bombali hujum uyushtirildi

Iroqning Salohaddin viloyatida bir restoranga bombali hujum uyushtirilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 32 kishi yaralandi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.
Voqea Salohaddin viloyati markazi Tikrit shahrining shimolidagi Hajjoj tumanida sodir bo‘lgan.
Iroq Sog‘liqni saqlash vaziriligi matbuot kotibi Sayf al-Badrning ma’lum qilishicha, qo‘poruvchilik oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi yaralangan.
Iroq qo‘shini 2014 yil iyun oyida IShID nazoratiga o‘tgan Salohaddin viloyatini 2015 yil oxirida qaytarib olgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter