Iroqning Kerkuk shahrida portlash sodir bo‘ldi

Iroqning Kerkuk shahrida yo‘l chetiga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi, deya xabar beradi «Sabah.com» nashri.
Voqea Kerkuk shahri markazida sodir bo‘lgan. Bomba portlashi oqibatida yo‘lda harakatlanayotgan mashinadagi ikki kishi halok bo‘lgan. Atrofdagi 4 kishi yaralangan.
Portlashning kuchliligidan atrofdagi do‘konlarning shishalari sinib ketgan.
Voqea yuzasidan politsiya surishtiruv olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter