IShID bir oiladan 12 kishining umriga zomin bo‘ldi

IShID terrorchi guruhi Iroqning Salohiddin viloyatida bir oilaning 12 nafar a’zosini qatl qildi. Bu haqda «Sabah» xabar qilmoqda.
Iroq qo‘shini kapitani No‘’mon al-Juburiyning ma’lum qilishicha, IShID gumashtalari Salohiddin viloyati Tikrit tumaniga qarashli al-Farhodiyya qishlog‘idagi bir xonadonga bostirib kirib oila a’zolarini otib tashlagan.
Qo‘poruvchilar oilaning 12 nafar a’zosini qatl qilgan. Ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.
Voqea uchun javobgarlikni hanuz hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter