Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispan grippidan omon qolgan 105 yoshli ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Ispan grippidan omon qolgan 105 yoshli ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

AQShda bolaligida ispan grippi epidemiyasidan omon qolgan 105 yoshli ayol COVID-19dan vafot etdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Primetta Jakopini 1916-yilda Konnektikutda tug‘ilgan. Tug‘ruqdan ikki yil o‘tgach, uning 25 yoshli onasi ispan grippi epidemiyasi paytida vafot etgan. Qizning otasi Primetta va singlisini yolg‘iz tarbiyalay olmagan va bolalarni Italiyadagi qarindoshlariga berib yuborgan.

Jakopini ulg‘aygach tikuvchilik kasbini chuqur o‘rgangan.

Urushdan so‘ng, u o‘zining tug‘ilgan shahri, Konnektikut shtatining Torrington shahriga qaytib kelgan va General Motors zavodiga ishga kirgan. Ayol turmushga chiqib, qiz farzandli bo‘lgan.

Ayolga kasallik unga qaraydigan uy xizmatchisidan yuqqani taxmin qilingan. Xizmatchi ham, keksa ayol ham emlangan.

Alomatlar boshlanganidan ikki kun o‘tgach, pensionerning ahvoli yomonlashgan va reanimatsiyaga yotqizilgan. Ayol sun’iy nafas berish qurilmasiga ulangan, biroq shunga qaramasdan u 16 sentyabrda vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring