Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada avtobus 20 metrlik jarlikka quladi: 80 ga yaqin odam jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrlik jarlikka quladi: 80 ga yaqin odam jarohatlandi

Foto: Xabar.uz

Ispaniyaning Kataloniya hududida, Barselona yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 80 ga yaqin odam jarohat oldi. Yo‘lovchi avtobusi yengil mashina bilan to‘qnashib, yo‘ldan chiqib ketgan va 20 metrlik balandlikdagi nishablikdan pastga qulagan.

Jarohatlanganlardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Baxtsiz hodisa o‘tgan yakshanba kuni oqshomda, Montseni tabiiy bog‘i hududidagi Fogars-de-Montklus munitsipaliteti yaqinida, tor tog‘ yo‘lida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, avtobus Sant-Seloni va Fogars-de-Montklus aholi maskanlari o‘rtasida muntazam yo‘nalish bo‘yicha harakatlanayotgan edi.

Voqea joyida keng ko‘lamli qutqaruv ishlari tashkil etildi: o‘t o‘chiruvchilar brigadalari, 15 ga yaqin tez yordam mashinasi va ikkita tibbiy vertolyot jalb qilindi. Jabrlanganlar va ularning yaqinlariga zudlik bilan psixologik hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida maxsus tezkor qabul punkti tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring