Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada uch kunlik motam e’lon qilindi

Ispaniyada suv toshqinlari sabab 70 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Mamlakat Vazirlar Mahkamasi kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar uchun rasmiy motam e’lon qilishga qaror qildi. Bu haqda qirollikning hududiy siyosat vaziri Anxel Viktor Torres matbuot anjumani chog‘ida ma’lum qildi. 

«Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches qirol hazratlari bilan suhbatlashdi va uch kunlik motam e’lon qilish to‘g‘risida farmon chiqarildi», dedi u.

Torresning aniqlik kiritishicha, motam 31- oktyabrdan 2-noyabrgacha amal qiladi.

Shu bilan birga, vazir bedarak yo‘qolgan aholining aniq soni haqida jurnalistlarga ma’lumot bera olmasligini ta’kidladi. Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Madrid suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlangan odamlarga yordam berish bo‘yicha mintaqa hukumatlari bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Torres aytganidek, yomg‘irlar mamlakatga katta moddiy zarar keltirdi. Shunga qaramay, eng dahshatli oqibat fuqarolarning o‘limi bo‘lib qolmoqda, dedi u.

Kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari Ispaniyaning Valensiya avtonom hamjamiyati va boshqa bir qator hududlarni qamrab oldi. 30 oktyabr kuni RTVE davlat teleradiokompaniyasi qirollikda tabiiy ofat 70 kishining hayotiga zomin bo‘lganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring