Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil armiyasi G‘azo sektoridan keyin Livanga hujum qildi

Isroil armiyasi G‘azo sektoridan keyin Livanga hujum qildi

Isroil 7 aprelga o‘tar kechasi Hamasning G‘azo sektoridagi ob’yektlari, keyin esa Livandagi nishonlargazarba berdi. 

Isroil harbiylariga ko‘ra, ular Livan janubidagi «Hamas terrorchi tashkilotining infratuzilma ob’yektlariga» hujum qilgan.

Al Hadath telekanali gap Tir shahri hududi haqida ketayotganini bildirmoqda. Uning manbasiga ko‘ra, Isroil harbiy-havo kuchlari oltita raketa zarbasini amalga oshirgan.

Bundan tashqari, Isroil armiyasi G‘azo sektoriga yangi hujum uyushtirdi. Avvaliga 7 aprelga o‘tar kechasi ikkita tunnel va Hamasning qurol ishlab chiqaruvchi zavodiga zarba bergan. Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, ikkinchi zarba paytida yer osti qurol zavodi, yana uchta qurol ishlab chiqaruvchi zavod va tunnel yo‘q qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring