Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil BMTning G‘azodagi «Al-Faxura» maktabini portlatib yubordi

Isroil BMTning G‘azodagi «Al-Faxura» maktabini portlatib yubordi

SAXAL G‘azo sektori shimolidagi Jebaliya shahridagi BMTning «Al-Faxura» maktabini portlatib yubordi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning BMT maktabiga bergan zarbasi oqibatida 50 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 

Portlash oqibatida 200 ga yaqin odam jarohat oldi. Al-Jazeera telekanalining Jebaliyadagi muxbiri tibbiy guruhlar yaradorlarni evakuatsiya qilayotganini xabar qilgan. Telekanal muxbirining so‘zlariga ko‘ra, maktabda odamlar ko‘p bo‘lgan.

«Al-Faxura» maktabi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin Qochqinlar Agentligi (UNRWA) tomonidan boshqariladi.

Isroil mudofaa kuchlari voqea yuzasidan izoh bermadi. Avvalroq Isroil harbiylari Jabaliyaga zarbalar berib, u yerda jangarilar borligini aytgan edi.

Ayni paytda maktabga qilingan hujumdan so‘ng ko‘plab arab shaharlari ko‘chalarida Isroilga qarshi namoyishlar qayta boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring