Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Eron elchixonasiga qaqshatqich zarba berdi: yuqori rutbali general o‘lgan

Isroil Eron elchixonasiga qaqshatqich zarba berdi: yuqori rutbali general o‘lgan

Isroilning Suriya poytaxti Damashqdagi Mezze hududiga havo hujumi oqibatida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Suriya va Livan kuchlari generali va qo‘mondoni Muhammad Rizo Zohidiy halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda. 

Al Hadath nashri ma’lumotlariga ko‘ra esa kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan.

Isroil havo kuchlari Eronning Damashqdagi elchixonasini nishonga olgan. SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bino butunlay vayron bo‘lgan. Eron elchisi jabrlanmagan, deb xabar berdi Sabrin. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar oqibatida beshdan yetti nafargacha odam halok bo‘lgan. Eronning Suriyadagi elchisi Husayn Akbariyning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida korpusning boshqa a’zolari ham bor.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi idorasi voqealardan «xavotirda» ekanini bildirdi. Eron davlat matbuoti Isroilni ayblamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring