Isroil G‘azo shahrini bosib olishni to‘xtatdi
Isroil rahbariyati o‘z qo‘shinlariga G‘azo shahrini egallash bo‘yicha amaliyotni to‘xtatishni buyurdi. Bu haqda Isroil armiyasining «Galey SAXAL» radiosi xabar berdi.
«Tungi vaziyatni baholash va AQSh vakillari bilan muzokaralardan so‘ng, siyosiy rahbariyat Isroil armiyasi (SAXAL)ga G‘azodagi faollikni «minimumgacha» kamaytirish va sektorda faqat mudofaa harakatlarini olib borish bo‘yicha ko‘rsatma berdi», — deyiladi xabarda.
Radiostansiyaga ko‘ra, bunday choralar mohiyatan shaharni egallash amaliyoti to‘xtatilishini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, 3-oktyabr kuni HAMAS Tramp talabi asosida barcha asirlarni ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Shuningdek, harakat G‘azo sektorini boshqarishni falastinlik texnokratlardan iborat mustaqil hokimiyatga topshirishga ham rozi bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter