Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil parlamenti G‘arbiy sohilni bosib olishni ma’qulladi

Isroil parlamenti G‘arbiy sohilni bosib olishni ma’qulladi

Knesset Isroil suverenitetini Yahudiya, Samariya va Iordaniya vodiysigacha kengaytirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani ma’qulladi. Bunda 71 a’zo “ha” va 13 nafari “yo‘q” deb ovoz berdi, deb yozadi The Jerusalim Post

Hujjat matniga ko‘ra, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi bu hududlar “yahudiy xalqining tarixiy vatanining ajralmas qismi” hisoblanadi. Bu yerlarda Isroil suverenitetini o‘rnatish mamlakatga “vatandagi yahudiylarning mavjudligini kuchaytirishga va o‘z fuqarolarini himoya qilishga” yordam beradi, deb yozadi gazeta. 

Nashrning qayd etishicha, ovoz berish qonunga hech qanday o‘zgartirish kiritmagan va sof deklarativ xarakterga ega. Uning mualliflari Diniy sionistik partiyadan Smicha Rothman, Likuddan Dan Illouz va Otizma Yehuditdan Limor Son Harmelech edi. 

Isroil armiyasi hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlar doirasida harakat qiladi, deya iddao qilinadi xabarda. 

Isroil qonunlariga ko‘ra, Sharqiy Quddusdan tashqari Iordaniyaning G‘arbiy sohilidagi hudud “vaqtinchalik harbiy ishg‘ol” ostida. Isroil hech qachon G‘arbiy Sohilni anneksiya qilganini e’lon qilmagan. Biroq, mamlakat 1967 yilda Olti kunlik urushda g‘alaba qozonganidan beri mintaqani aholisi bilan to‘ldirishda davom etmoqda. 

18 iyul kuni Germaniya kansleri Fridrix Merz Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilib, uni Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qilishdan ogohlantirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring