Isroil Suriya flotini yakson qildi
Isroil Suriyadagi «eng muhim harbiy ob’yektlar»ga bir qator havo hujumlarini amalga oshirganini bildirdi.
AFP muxbirlarining xabar berishicha, seshanba kuni ertalab Damashqda kuchli portlashlar eshitilgan. Agentlik suratlarida Suriya poytaxti markazidan tutun ko‘tarilayotgan ustunlar aks etgan.
Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi seshanba kuni ertalabdan beri 100 dan ortiq zarba berilganini xabar qildi.
Jami, tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida Isroil ag‘darilgan Bashar Asad rejimining harbiy salohiyatini yo‘q qilish maqsadida Suriya hududiga 250 ga yaqin havo hujumini amalga oshirgan.
Isroil mudofaa kuchlari bu xabarlarga izoh bermadi; u shuningdek, Isroil quruqlikdagi bo‘linmalarining bufer zonadan Suriyaga oldinga siljishi haqidagi ma’lumotlarni ham rad etdi.
Lekin keyinchalik Isroil mudofaa vaziri Suriya flotiga hujum qilinganini tasdiqladi.
«Isroil floti kecha tunda Suriya flotini yo‘q qilish operatsiyasini katta muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi», — deya vazir Israel Kats so‘zlaridan iqtibos keltirgan AFP.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Suriya floti asosan raketa va patrul katerlari va mina qo‘riqlash kemalaridan iborat edi. Bundan tashqari, harbiy-dengiz kuchlari tarkibida ikkita fregat bor edi. Ularning barchasi yo‘q qilinganmi yoki yo‘qmi hozircha aniq emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter