Isroil taklifga rozi bo‘ldi. HAMASchi?
Isroil vositachilarning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Qatar tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Majid al-Ansoriy ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, bunga HAMAS harakatidan ham dastlabki ijobiy munosabat bildirilgan.
«Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifga rozi bo‘ldi va biz bunga HAMASdan dastlabki ijobiy munosabatni oldik», — dedi Qatar TIV vakili.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 25 900 nafardan oshgan.
HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaro 2023 yilning oktyabridan beri davom etmoqda. Isroil G‘azo sektoriga ayovsiz havo zarbalari berib, keyin quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Orada tomonlar qisqa muddatli sulh tuzishdi, biroq keyin mojaro yana qaytadan boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter