Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil urushning ikkinchi bosqichini e’lon qildi

Isroil urushning ikkinchi bosqichini e’lon qildi

Mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushning ikkinchi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi.

«Maqsad HAMAS infratuzilmasini yo‘q qilish va garovga olinganlarni ozod qilish», dedi u.

Netanyaxu G‘arb va arab mamlakatlaridagi ittifoqchilar HAMAS bilan urush maqsadlarini tushunishidan umid bildirgan.

Isroil mudofaa vaziri bu uzoq davom etadigan urush bo‘lishini aytdi.

«Biz jangovar harakatlarni kengaytirishdan manfaatdor emasmiz, lekin bunga tayyormiz. Bu uzoq davom etadigan urush bo‘ladi», dedi Yoav Galant.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha BMT Bosh Assambleyasida a’zo davlatlar (jamladan O‘zbekiston ham) ko‘pchilik ovoz bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan va butunlay tugatishga chorlovchi rezolyusiyani ma’qullagandi.

Isroil ushbu ovoz berish jarayonidan so‘ng BMT legitimlikni yo‘qotgan deb baholagan va ovoz berish natijalarini tan olmasligini bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring