Isroil va HAMAS tinchlik muzokaralarini boshlayapti – Euronews
Bugun Misrning Sharm-el-Shayx shahrida Isroil va HAMAS delegatsiyalari o‘rtasida tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralar boshlanadi. Muzokaralar asosidagi reja AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ishlab chiqilgan.
Misr tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda asosiy e’tibor HAMAS asirligida bo‘lgan isroilliklarni ozod qilish va buning evaziga Isroil qamoqxonalaridagi falastinliklarni bo‘shatish masalasiga qaratilgan bo‘ladi.
Tramp taklif etgan 20 moddadan iborat rejaga ko‘ra, HAMAS G‘azo sektoridagi hokimiyatdan voz kechishi, qurollarini topshirishi kerak. Evaziga esa Isroil hujumni to‘xtatib, qo‘shinlarini hududdan chiqarishi va gumanitar yordam kirishini ta’minlashi lozim.
Associated Press manbalariga ko‘ra, muzokaralarda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff ham ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, muzokaralarga tayyorgarlik fonida yakshanba kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoriga yangi havo zarbalarini amalga oshirdi. «Shifo» kasalxonasi vakillariga ko‘ra, hujumlarda kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio hozirgi vaziyat barcha asirlarni ozod qilishga eng yaqin nuqtada turgani, biroq «bu jarayonni buzmoqchi bo‘lgan kuchlar ham yetarlicha bor»ligini ta’kidlagan.
Manba: ru.euronews.com


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter