Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil va HAMAS urushi uzoq davom etadi – Netanyaxu

Isroil va HAMAS urushi uzoq davom etadi – Netanyaxu

Isroilning G‘azo sektoridagi HAMAS harakatiga qarshi harbiy amaliyoti barcha maqsadlariga erishilgunga qadar «ko‘p oylar» davom etadi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

«G‘alabaga erishish uchun ko‘proq vaqt kerak. Urush yana ko‘p oylar davom etadi. Mening siyosatim aniq – urushning barcha maqsadlariga erishilgunga qadar kurashni davom ettirish. Biz HAMASning Isroilga endi tahdid solmasligini ta’minlaymiz», – deydi Netanyaxu.

Isroil hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Isroil «katta muvaffaqiyatga erishgan». Xususan, G‘azo sektorida 8 mingdan ortiq HAMAS a’zosi yo‘q qilingan. Birgina so‘nggi haftada Isroil harbiylari 100 dan ortiq qurollangan falastinlikni o‘ldirgan.

Netanyaxuning aytishicha, isroillik harbiylar «Isroil shimolida yashovchilar xavfsizligi tiklanmaguncha bor kuchi bilan kurashadi».

«Agar Hizbulloh o‘z janglarini kengaytirsa, u orzu qilmagan zarbalarni oladi. Xuddi shu narsa Eron uchun ham amal qiladi», – deya tahdid qiladi Netanyaxu.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlarida joriy yilning 7-oktyabridan beri Isroil kuchlarining G‘azodagi hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 21 822 nafarga yetgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, birgina so‘nggi 24 soat ichida Isroil harbiy-havo kuchlarining bombardimon qilishlari oqibatida kamida 150 kishi halok bo‘lgan, 286 kishi yaralangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring