Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda Netanyahuga qarshi namoyishlar tinmayapti

Isroilda Netanyahuga qarshi namoyishlar tinmayapti

Norozilik namoyishlarining minglab ishtirokchilari bosh vazirning iste’fosini va mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuv imzolanishini talab qilmoqda.

Shanba kuni Isroilda minglab odamlar G‘azo sektorida saqlanayotgan isroilliklarning qaytarilishi va Bosh vazir Benyamin Netanyahu hukumatining iste’fosini talab qilib namoyishga chiqdi.

Namoyishchilar mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvni zudlik bilan imzolashga, shuningdek, AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan bildirilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilishga chaqirdi.

Namoyishlarda isroillik mahbuslarning yaqinlari ishtirok etdi.

G‘arbiy Quddusda minglab namoyishchilar Isroil prezidenti qarorgohi oldida to‘planishdi.

Tel-Avivdagi namoyishni tarqatish uchun otliq politsiya ishga solindi. Namoyishchilarning ayrimlari hibsga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring