Istanbulda yer qimirladi

Bugun, 19-iyun kunduzgi payt Istanbulda yer osti silkinishlari qayd etildi.
Hukumat xabariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 3,9 ball atrofida bo‘lib, markazi Marmar dengizining taxminan yetti kilometrli chuqurligida joylashgan.
Zilzila Bosforning har ikki sohilida sezilgani aytilmoqda, aksariyat shaharliklar xonadon va ishxonalarini tark etib, ko‘chalarga chiqishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, talafot va vayronagarchiliklar yo‘q. Turkiya IIV tezkor xizmatlarga zilzilaning salbiy oqibatlari haqida murojaatlar kelib tushmaganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter