Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada uy qamog‘ida saqlanayotgan rossiyalik taniqli siyosatchining o‘g‘li «yo‘qolib» qoldi

Italiyada uy qamog‘ida saqlanayotgan rossiyalik taniqli siyosatchining o‘g‘li «yo‘qolib» qoldi

Rossiyalik tadbirkor, Krasnoyarsk gubernatori Aleksandr Ussning o‘g‘li Artem Uss sheriklari yordamida Italiyada uy qamog‘idan qochib ketdi. Bu haqda tergov natijalariga tayanib, Corriere della Sera gazetasi yozmoqda.

Qayd etilishicha, Uss qochib ketgan kuni uy yonida haydovchi kutib turgan. Bundan tashqari, Rossiya gubernatorining o‘g‘liga taqib qo‘yilgan elektron bilaguzuk bir necha daqiqadan so‘ng o‘chgan. Qo‘lga olinganiga qaramay, u mobil telefondan foydalanib kelgan.

Tergovchilar hozir uyali telefon yozuvlarini tekshirmoqda va ular Uss sheriklari bilan aloqada bo‘lganiga ishonishmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, qochib ketganidan bir muncha vaqt o‘tgach, hibsga olingan shaxs Shveytsariya yoki Sloveniya bilan chegaraga borish uchun mashinasini almashtirgan.

Joriy yilning 21 mart kuni sud Ussni sanksiyalardan qochish va pul yuvishda ayblab, AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qilgan edi.

Aleksandr Uss o‘g‘lining qayerda ekanligi haqidagi savolga javob berar ekan, bu ma’lumot unga noma’lum ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Uss 2018 yil 21 sentyabrdan Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori vazifasiga tayinlangan. «Yedinaya Rossiya» partiyasi a’zosi. 2018 yil oxirida Aleksandr Uss Rossiyaning eng boy gubernatori deb topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring