Italiyalik mashhur qo‘shiqchi hibsga olindi
Neapolda italyan neo-melodik musiqasining eng mashhur ijrochilaridan biri Toni Kolombo mafiya bilan aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi.
U 2019 yilda neapolitanlik mafiya boshlig‘i Gaetano Marinoning bevasi Tina Rispoliga uylangandi. Xonandaning to‘yida o‘nlab to‘da a’zolari ishtirok etgan.
Palermolik Toni Kolombo italyan mafiozlari orasida shu qadar mashhur bo‘lib ketdiki, politsiyaga ko‘ra, u ular uchun ishlay boshlagan.
Er-xotin ushbu haftada Neapol mafiyasi a’zolariga qarshi kurashda hibsga olingan 27 kishi orasida bor. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin qamoqdagi mafioz Marko Di Lauroning klani bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilinmoqda.
Prokurorlarga ko‘ra, 37 yoshli Toni Kolombo o‘zining musiqiy karerasidan tushgan daromad sifatida niqob qilib, klandan pul olgan. Kolombo va Rispoli esa uyushgan jinoyatchilikka aloqadorligini rad etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter