Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik styuardessa Saudiyada qatl qilinishi mumkin

Italiyalik styuardessa Saudiyada qatl qilinishi mumkin

Italiyalik styuardessa Ilario Roza Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar iste’mol qilgani va giyohvand moddalar saqlagani uchun qatl etilishi mumkin.

Ayni damda Litvaning Avion Express aviakompaniyasi xodimi qamoqda, deya xabar bermoqda Bild nashri.

Rozaning so‘zlariga ko‘ra, u Jidda shahridan qaytish parvozini kutayotgandi. U Italiya konsuliga 4-may kuni tunislik do‘stlarining villasida bo‘lganini aytgan. Bu vaqtda uni o‘n nafar fuqaro kiyimidagi politsiyachi qurshab olgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya uning kiyimlari ichidan giyohvand moddalar topib olgan.

Avvalroq 2022-yilda dunyoda qatl etilganlar soni so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgani xabar qilingandi. O‘lim jazosi 20 mamlakatda 883 kishiga nisbatan qo‘llanilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 53 foizga ko‘pdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring