Italiyaning «Ipak yo‘li»ga qo‘shilishi nemislarga yoqmadi

Xitoyning ulkan iqtisodiy loyihasi — «Bir makon, bir yo‘l»ga «Katta yettilik» mamlakatlaridan qo‘shilgan birinchi mamlakat Italiya bo‘ldi. Ammo apenninliklarning «shoshqaloqligi» yetti o‘lchab bir kesuvchi nemislarga yoqmadi, xususan, Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas Rimni bu ishi uchun tanqid qildi.

Maas «Welt am Sonntag» nashriga bergan intervyusida «Agarda ayrim davlatlar xitoyliklar bilan yeng ichida bitimlar tuzamiz deb o‘ylashayotgan bo‘lsa, bir kuni uyqudan tobe holda uyg‘onishsa ajablanishmasa ham bo‘ladi», — deya ta’kidladi.
Vazirning fikricha, bugun juda qiziqarli, istiqbolli tuyulayotgan takliflar «o‘z achchiq ta’mini bildirish uchun» ko‘p kuttirmasligi mumkin. Xitoy global miqyosda manfaat izlamoqda. XXR yoki AQSh kabi «nahanglar»ga qarshi Yevropa mamlakatlari faqat yagona blok, masalan, Yevropa ittifoqi ko‘rinishida bas kela olishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter