Italiyaning yangi bosh vaziri qasamyod qildi

«Italiya birodarlari» partiyasi yetakchisi Jorja Meloni mamlakatning yangi bosh vaziri sifatida qasamyod qildi.
Tantanali marosimni Rai News 24 telekanali jonli efirda namoyish qildi.
Hukumatning yangi rahbari bilan birga, 24 nafar vazir qasamyod qildi, ularning 6 nafari ayollar.
Yangi Vazirlar mahkamasi 25-sentyabr kuni parlament saylovida g‘alaba qozongan o‘ng-markaz koalitsiyasini tashkil etuvchi «Italiya birodarlari», «Liga» va «Olg‘a, Italiya» partiyalari vakillaridan shakllantirilmoqda.
Jorja Meloni Italiya tarixiga bosh vazir lavozimida ishlagan birinchi ayol sifatida kirayotgani haqida yozgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter