Jahon iqtisodiyoti inqirozgacha darajaga qachon chiqadi?
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning bahorgi hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon YaIM inqirozgacha holatiga 2021-yil o‘rtalarida qaytishi kutilyapti. Bu haqda «Praym» agentligi xabar berdi.
Biroq barcha mamlakatlar iqtisodiyotini bir tekisda tiklay olmaydi, ta’kidlashmoqda IHTT ekspertlari. Xususan, yaqin istiqbolda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining tiklanishida sezilarli tafovutlar bo‘ladi.
Jahon iqtisodiyoti istiqbollari ayniqsa oxirgi oylarda, samarali vaksinatsiyalash, ayrim mamlakatlarda qo‘shimcha budjet qo‘llab-quvvatlovlari ortidan, ancha yaxshilandi va endilikda iqtisodiyot virus tarqalmasligi uchun joriy etilgan cheklovlardan kamroq zarar ko‘ryapti, deyiladi tashkilot hisobotida.
IHTT mazkur hisobotida global YaIMning 2021 va 2022-yillardagi sur’ati bo‘yicha prognozlarini ham yaxshiladi. Tashkilotga ko‘ra, bu yil iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichi 5,6 foizga tenglashadi (dekabrda tashkilot 4,2 foizlik o‘sishni kutgandi). 2022-yilda esa global YaIM 4 foizga (ilgari 3,7 foiz bashorat qilingandi) kattalashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter