Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat joylarida tamaki chekish butunlay taqiqlandi — Meksika

Jamoat joylarida tamaki chekish butunlay taqiqlandi — Meksika

Meksika tamakiga qarshi jahondagi eng qat’iy qonunlardan birini qabul qildi — jamoat joylarida chekish butkul taqiqlandi.

2021-yilda dastlabki tasdiqdan o‘tgan ushbu qonun tamaki mahsulotlari reklamasini ham man etadi.

Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlarida ham jamoat joylarida chekish taqiqlangan qonunlar bor. Biroq ularning hech biri qamrovi va qat’iyligi bo‘yicha Meksika qonunichalik emas.

Meksikada 2008-yilda qabul qilingan qonun bar, restoran va ish joylarida tamaki tutunidan xoli zonalarni tashkil etishni ko‘zda tutardi. Endi esa jamoat joylarida tamaki chekish mutlaqo taqiqlanmoqda. Parklar, plyajlar, otellar, ofislar va restoranlar jamoat joylari sanaladi.

Tamaki reklamasi va uni homiylik maqsadlarida ilgari surish ham to‘liq taqiqlandi, do‘konlarda sigaretlarni ko‘zga ko‘rinarli joylarga qo‘yish mumkin emas. Veyplar va elektron sigaretlarga ham qattiq cheklovlar (ayniqsa, binolarda) qo‘yilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring