Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Janubiy Afrikada qor yog‘di

Janubiy Afrikada qor yog‘di

Foto: Reuters

Janubiy Afrikada kuchli shamol aralash yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanib, havo harorati keskin pasayib ketdi.

Tabiat hodisasi oqibatida 49 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi, ularning soni oshishi mumkin. Kuchli siklon JARning bir nechta provinsiyasiga yopirilgan. Qariyb 500 ming aholi elektr ta’minotidan uzilib qolgan.

Meteorologlar mamlakat sharqida havo harorati keskin sovib ketishi, bo‘ron kuchayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi haqida ogohlantirmoqda. Afrika janubida qishda (iyun–avgust — Janubiy yarimsharda qish) qor yog‘ib turadi, ammo bunday qahratonni hech kim kutmagandi.

Izohlar

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring