Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada so‘nggi 22 yilda eng ko‘p ish o‘rni ochildi

Janubiy Koreyada so‘nggi 22 yilda eng ko‘p ish o‘rni ochildi

Foto: Inform.kz

Janubiy Koreyada may oyida 900 mingdan ortiq yangi ish o‘rni paydo bo‘ldi. Bu haqda mamlakat statistika boshqarmasiga asoslanib KBS-World xabar berdi.

May oyida so‘nggi 22 yil davomida eng ko‘p yangi ish o‘rni ochilgan.

Koreya Respublikasida may oyida bandlar soni 28 million 485 ming nafarni tashkil etgan, bu bir yil avvalgisidan 935 mingtaga ko‘pdir.

May oylarining eng zo‘r rekordi 2000-yilda o‘rnatilgan — 1,03 millionta ish o‘rni ochilgandi. 15 oydirki, mamlakatda ish o‘rinlari soni oshishda davom etyapti.

15 yosh va undan kattalar orasida bandlik ko‘rsatkichi o‘tgan yilgiga nisbatan 1,8 foizga, o‘tgan oyga nisbatan 63 foizga oshib may rekordi o‘rnatildi.

Ishsizlik darajasi yillik kesimda 1 foizga kamayib 3 foizni tashkil etmoqda — bu 2013-yildan beri eng past (yaxshi) natija.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring