Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi

Janubiy Koreyaning sobiq mudofaa vaziri Kim Yong Xyon Janubiy Koreyada davlatga xiyonat va isyonda ayblanib hibsga olindi. Kim «harbiy holat bilan bog‘liq barcha hodisalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi»ni aytib, 4-dekabr kuni iste’fosini e’lon qilgan edi.
Avvalroq politsiya muxolifat bilan ziddiyat tufayli qisqa muddatga harbiy holat e’lon qilgan prezident Yun Sok Yolni Shimoliy Koreyaga yaqinlikda ayblab, davlatga xiyonat bo‘yicha tergov boshlagan edi. 190 nafar deputat yopiq parlamentga majburan kirib, farmonni bekor qilish uchun ovoz berganidan keyin u olti soatdan keyin o‘z qarorini bekor qildi.
7-dekabr kuni Yun o‘z qilmishi uchun uzr so‘radi, biroq o‘z iste’fosini e’lon qilmadi, deputatlar esa impichment uchun yetarli ovoz yig‘a olishmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter