Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaga o‘tkir ijtimoiy muammo xavf solmoqda

Janubiy Koreyaga o‘tkir ijtimoiy muammo xavf solmoqda

Dunyoda eng past tug‘ilish darajasiga ega Janubiy Koreyada 2023-yilda bu muammo yanada kuchaydi.

Jumladan, 2022-yilda har bir ayolga  0,78 bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 0,72 bolaga tushdi. Bu haqda Reuters agentligi respublika statistika boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Bu aholi o‘sishi barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan har bir ayol uchun 2,1 farzand ko‘rsatkichidan ancha past. 

2018-yildan beri Janubiy Koreya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 1 balldan past natijaga ega yagona a’zosi bo‘lib qolmoqda.

Janubiy Koreya, shuningdek, tashkilotdagi gender maoshlari bo‘yicha eng katta tafovutni saqlab turibdi, koreys ayollar erkaklarning o‘rtacha daromadidan uchdan ikki qismini oladi.

Seul xotin-qizlar universiteti professori Chung Chje Xunning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreyadagi ayollar bolalarga g‘amxo‘rlik qilishda eng og‘ir yukni o‘z zimmalariga oladilar, bu esa ularning martaba ko‘tarilishini qiyinlashtiradi.

Janubiy Koreyaning demografik inqirozi uning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy farovonlik tizimi uchun katta xavfga aylandi: bu asrning oxiriga qadar mamlakatning 51 million aholisi ikki barobarga qisqarishi mumkin. Muammo uy-joy va yashash narxining yuqoriligidan kelib chiqadi.

Tug‘ilishning pastligi muammosi Sharqiy Osiyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan. Yaponiyada 2023-yil yakunlariga ko‘ra, tug‘ilgan bolalar soni ketma-ket sakkizinchi yil eng kam ko‘rsatkichni yangiladi.

Xitoyda 2022-yilda tug‘ilish darajasi 1,09 ga tushdi, bu ham rekord darajada past.  Mamlakat aholisi bir yilda ikki million kishiga kamaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring