Jarima to‘lamagan xorijiy haydovchilarning Rossiyadan chiqishiga ruxsat berilmaydi

Endilikda yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy raqamli avtomobil egalari jarimalarni to‘lamaguncha Rossiya hududidan chiqarilmaydi.
Rossiya Federatsiyasining «Xalqaro avtomobillar tashuvlari ustidan davlat nazorati va ularni amalga oshirish tartibini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida»gi qonuniga binoan 2021-yil 7- iyuldan haydovchi chegaraga kelgach, unga uch soat muddat beriladi. Ushbu vaqt davomida jarima to‘lanmasa, unga Rossiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmaydi.
Yangi tartib bo‘yicha chet el transportlarining 2020-yil 8-dekabrdan keyingi jarimalari inobatga olinadi.
Chet ellik haydovchi to‘lanmagan jarima bor yoki yo‘qligini Gosavtoinspeksiya rasmiy veb-saytidagi «Proverka shtrafov GIBDD» xizmati orqali mustaqil aniqlashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter