Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jastin Tryudo Eronda urib tushirilgan samolyot bo‘yicha AQShni ayblab chiqdi

Jastin Tryudo Eronda urib tushirilgan samolyot bo‘yicha AQShni ayblab chiqdi

Foto:«112 International»

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga ko‘ra, AQSh tomonidan harbiy harakatlar kuchaymaganda Eron Ukraina samolyotini urib tushirmagan bo‘lardi. Bu haqda «The Guardian»da e’lon qilingan xabarda so‘z boradi. 

Tryudo samolyotda bo‘lgan 57 nafar kanadaliklar oilasiga ta’ziya bildirar ekan shunday dedi: «Menimcha, agar mintaqada ziddiyat bo‘lmaganida edi, hozir bu kanadaliklar o‘z oilalari bilan uyda o‘tirishgan bo‘lar edi».


Mavzu doirasida: Eron Ukraina samolyoti raketada urib tushirilganini tan oldi


Uning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat «yadroviy qurolga ega bo‘lmagan Eron»ga bunga ehtiyojni yuzaga keltirib qo‘yilganini ta’kidladi.

Tryudo Ottava Tehrondan kanadalik qurbon bo‘lgan fuqarolarning oilalariga moddiy kompensatsiya to‘lashni talab qilishi mumkinligini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron AQSh hukumati va harbiylarini Sulaymoniyni o‘ldirishda ayblab Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudda javobgarlikka tortmoqchi.

Kanada hukumati rahbari shuningdek, Ruhoniydan Kanada tergovda qatnashishga ruxsat berishini talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8-yanvar kuni Tehron yaqinida Ukrainaga tegishli samolyot halokatga uchradi. Uning bortida 176 kishi bo‘lgan. Mazkur voqea eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limidan so‘ng, AQSh-Eron munosabatlari inqirozga uchragan vaqtda sodir bo‘ldi.

Eron tomoni hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Jumladan, tashqi ishlar vaziri Javod zarif uni «inqiroz vaqtidagi inson xatosi» deya atagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring