Jeenbekov Moskvaga bordiyu, paradda qatnashmadi. Delegatsiya a’zolarida koronavirus aniqlangan

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Moskvaga yetib borib, COVID-19 testini topshirishgan. Prezidentning ikki hamrohida test natijalari musbat chiqqan.
Shu sababli prezident g‘alaba paradida qatnashmaslikka qaror qilgan.
Koronavirus Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti devoni tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Daniyar Sidiqov va bir nafar xavfsizlik xodimida aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter