Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeff Bezos Ilon Maskdan dunyoning eng boy odami unvonini tortib oldi

Jeff Bezos Ilon Maskdan dunyoning eng boy odami unvonini tortib oldi

Vloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlariga ko‘ra, Amazon asoschisi Jeff Bezos, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Maskdan dunyoning eng boy odami unvonini olib qo‘yishga erishgan. Joriy yilning bir oydan ko‘proq vaqti davomida Mask dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchilikni egallab turgan edi.

Agentlik so‘nggi ma’lumotlariga ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga kelib Bezosning boyligi 191 milliard dollarni, Maskning boyligi esa 190 milliard dollarni tashkil etadi.

Shunday qilib, Bezos 2017-yildan 2021-yil 7 yanvargacha reytingdagi birinchi o‘rnini egallab turgan Ilon Maskdan birinchilikni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Reytingdagi uchinchi o‘rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts egallagan, uning boyligi 137 milliard dollar deb baholanmoqda, ro‘yxatdagi to‘rtinchi o‘rin Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernard Arno (116 milliard dollar)ga nasib etgan. 104 milliard dollarlik boyligi bilan Facebook asoschisi Mark Sukerbergni dunyoning eng boy kishilari beshligidan joy olishga erishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring