Jinoiy guruh qamoqxonadagi 4000 mahbusni ozodlikka chiqarib yubordi
Qurolli jinoiy guruhlar Karib dengizidagi Gaiti orol davlati poytaxtidagi qamoqxonaga bostirib kirib, 4000 ga yaqin mahbusni ozod qilishdi.
Qamoqxonaga hujum shanba kuni kechqurun, Gaiti Bosh vaziri banditizmga qarshi kurashish uchun xalqaro kontingentni joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun Keniyaga borganidan ikki kun o‘tgach sodir bo‘ldi va jinoiy guruh rahbari, «Barbekyu» laqabli sobiq politsiyachi Bosh vazirga qarshi urush e’lon qildi. Bosh vazirni ag‘darish uchun poytaxt va viloyatlarning barcha jinoiy guruhlari birlashayotgani aytilmoqda.
Yakshanba kuni qamoqxonaga hujum qilingani ma’lum bo‘lgach, u yerga xalqaro agentliklarning mahalliy muxbirlari tashrif buyurishdi. AFP xabariga ko‘ra, qamoqxona darvozalari ochiq bo‘lib, yaqin atrofda o‘ndan ortiq jasad yotardi. Reuter hovlida yotgan uch mahbusning jasadi haqida yozadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter