Jo Bayden birinchi o‘rinda kimga qo‘ng‘iroq qilishi aniq bo‘ldi
Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQShning yangi prezidenti Jo Baydenning ilk xalqaro qo‘ng‘irog‘i kimga atalganini ma’lum qildi. Bayden Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan suhbatlashmoqchi. Bu birinchi navbatda Ottava bilan munosabatlar, shuningdek, Bayden imzolagan farmonga ko‘ra to‘xtatilayotgan Keystone XL qurilishi bilan bog‘liq.
Psaki Baydenning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashishi ehtimoli haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi. Ta’kidlashicha, Bayden «hamkorlar va ittifoqchilar» bilan gaplashib olish niyatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter