Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden muhim hujjatga imzo chekdi

Jo Bayden muhim hujjatga imzo chekdi

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024-moliya yili uchun mudofaa siyosati bo‘yicha qonunni tasdiqladi. Hujjatda mudofaa uchun rekord darajadagi 886 milliard dollar sarflanganishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Ukrainaga 800 million dollarlik yordam ko‘rsatiladi.

Prezident qonunni qo‘llab-quvvatladi, biroq uning ayrim bandlaridan xavotir bildirdi. Hujjat haligacha Mudofaa vazirligi tomonidan Guantanamo qamoqxonasidagi mahbuslarni ayrim xorijiy davlatlar va AQShga o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lardan foydalanishni taqiqlaydi.

Bayden cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi.

Davlat rahbari, shuningdek, u va boshqa mansabdor shaxslardan Kongress qo‘mitalari hisobot va rejalarni taqdim etishi shart bo‘lgan qoidalarni tanqid qildi, ularda maxfiy ma’lumotlar, jumladan, razvedka manbalari yoki harbiy operatsiya rejalarini oshkor qilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar ham bor. Bayden Konstitutsiyaga ko‘ra, u "juda nozik ma’lumotlar"ning oshkor etilishini oldini olishi mumkinligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, qonunning bir qator qoidalari, prezidentning fikricha, xalqaro muzokaralar yoki forumlarda AQSh pozitsiyasini ifodalash uchun xalaqit berishi mumkin.

Vakillar palatasi mudofaa budjeti loyihasini 14-dekabrda, Senat 13-dekabrda ma’qullagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring