Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden prezidentlik  «poyga»sidan chiqdi

Jo Bayden prezidentlik  «poyga»sidan chiqdi

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaydi. U bu haqida X tarmog‘idagi bayonotida ma’lum qildi.

«Qadrli demokratik partiya a’zolari, men ushbu saylovlarda nomzodimni ilgari surmaslikka hamda qolgan kuch va energiyamni amaldagi prezidentlik davrim uchun sarflashga qaror qildim. Partiyamizdan nomzodim ilgari surilgan 2020-yilda vitse-prezident sifatida Kamala Xarrisni tanlagan edim. Bu men amalga oshirgan eng to‘g‘ri qarorlardan biri bo‘lgan.

Men bu yilgi saylovlarda o‘z partiyamizdan Kamala Xarris nomzodini tavsiya qilaman va uni to‘la qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman.

Demokratlar, birlashish va Tramp ustidan g‘alaba qozonish vaqti keldi!» – deb yozadi Bayden.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring